Iqtisodchi Sergey Guriyevning ta’kidlashicha, senzura sharoitida o‘tkazilgan ijtimoiy fikr so‘rovnomalari asosidagi xulosa chalg‘ituvchi bo‘ladi. U bunga misol sifatida sovet davrini ko‘rsatadi: o‘sha vaqtda hamma og‘izda kompartiyani qo‘llagan, lekin ittifoq parchalaganida uning himoyasi uchun hech kim ko‘chaga chiqmagan.
Ijtimoiy fikr markazi o‘tkazgan so‘rovnomada respondentlarning 83 foizi «konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashi va zamonaviy sharoitlarda Konstitutsiyani takomillashtirish zaruriyatini e’tirof etishini» ma’lum qildi. 47,2% respondent esa Bosh qonunni takomillashtirishda ishtirok etishni xohlaydi.
«Ijtimoiy fikr» so‘rovi natijalariga ko‘ra, qariyb 82% o‘zbekistonliklar Yangi yilni «xursandchilik, ko‘tarinki kayfiyat» bilan kutib olishmoqda. Ko‘pchilik 2022 yildan faqat ro‘shnolik va yaxshilikni kutmoqda.
«Ijtimoiy fikr» markazining so‘rovnomasida ishtirok etgan fuqarolarning 53,2 foizi koronavirusga qarshi emlanishga tayyorligini tasdiqlashdi. So‘ralganlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i esa (36,5 foizi) emlanishdan bosh tortmoqda. Ular bunga asosiy sabab vaksinaning nojo‘ya ta’sirlaridan xavotir va emlanishga qarshi tibbiy ko‘rsatma ekanligini aytishgan. Vaksinatsiya borasida bir qarorga kelmagan fuqarolarning eng yuqori darajasi 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida aniqlandi.
«Ijtimoiy fikr» so‘rovnomasida ishtirok etganlarning ko‘pchiligi oilada kuch ishlatish mumkin emas deb hisoblaydi. Lekin 10,3 foiz respondentlar «ayol o‘z xatti-harakati bilan erini kuch ishlatishga majbur qilgan hollarda» kuch ishlatish mumkin, deb hisoblaydilar.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting